2009-2010 o`quv yilida o`rtacha har bir maktabda 501 nafar o`quvchi o`qigan bo`lsa, 2019-2020 o`quv yiliga kelib o`rtacha har bir maktabda 616 nafar o`quvchi ta`lim olgan. Bu haqda Xalq ta`limi vazirligi ma`lum qildi.
Xabarga ko`ra, O`zbekiston Respublikasining 2000 yildan 2021 yilgacha aholi soni o`sishi tahlil qilingan bo`lib, 2021 yilda 2000 yilga nisbatan ya`ni 20 yilda 29,15 foizga, 2010 yilga nisbatan 2021 yilda 19,00 foizga ya`ni o`n yil davomida aholi soni 6557,2 ming kishiga, yiliga o`rtacha 655,72 ming kishiga oshgani o`rganilgan.
Yuqoridagi tahlillardan kelib chiqib, 2009-2010 o`quv yili boshiga 9772 ta maktabda 4892827 nafar o`quvchi ta`lim olgan bo`lsa, 2019-2020 o`quv-yili boshiga esa 9942 ta maktabda 6119440 nafar o`quvchi ta`lim olgan, 2019-2020 o`quv yilida 2009-2010 o`quv yiliga nisbatan o`quvchilar soni 20,1 foizga (1226613 o`quvchiga) oshgan, maktablar soni esa 2019-2020 o`quv yilida 2009-2010 o`quv yiliga nisbatan ya`ni 10 yilda 1,71 foizga (170 ta) oshgan.
Xulosa qilib aytish mumkin-ki, o`n yil davomida O`zbekistonda o`rtacha 20 foizga aholi soni oshib borsa, 2031 yilga kelib O`zbekiston Respublikasida aholi soni 41470,32 mingdan oshib ketishi prognoz qilinmoqda.
Shuningdek, 2009-2010 o`quv yilida o`rtacha har bir maktabda 501 nafar o`quvchi o`qigan bo`lsa, 2019-2020 o`quv yilida esa o`rtacha har bir maktabda 616 nafar o`quvchi ta`lim olgan. 2016-2017 o`quv yilidan boshlab, ta`lim tizimida olib borilayotgan o`zgarishlar natijasida, bir yilda har bir maktabga qo`shimcha ravishda o`rtacha 110 nafar o`quvchi qabul qilishiga to`g`ri kelmoqda.
Maktablarda o`quvchilarni qabul qilish sig`imi, har bir sinfdagi o`quvchilar soni me`yori, maktablarning moddiy-texnika bazasi ta`minoti va holati, o`tiladigan fanlarni malakali mutaxassis o`qituvchilar bilan qamrab olinganligi, asosiy va qo`shimcha o`quv adabiyotlari bilan ta`minlanganligi kabi dolzarb masalalarga hukumatimiz tomonidan oxirgi 3-4 yilda alohida e`tibor qaratilmoqda.






