AsosiyJamiyat

Rossiyada o`zbekistonlik mehnat migrantlari uchun rus tili kursi boshlandi

'Rossiyada o`zbekistonlik mehnat migrantlari uchun rus tili kursi boshlandi'ning rasmi

Tomskda o`zbekistonlik mehnat migrantlari uchun rus tili kursi boshlandi. Bu haqda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi ma`lum qildi.

Ma`lumot uchun, avvalroq Rossiya Federasiyasi hududida o`zbekistonlik mehnat migrantlarini kasb-hunar va rus tiliga o`qitish ishlarini o`rganish maqsadida ushbu davlatda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi Ishchi guruhining bo`lib turgani xabar qilingan edi.

Bugun Tomsk shahrida 50 nafar o`zbekistonlik mehnat migrantlari uchun Rossiya xalqlar do`stligi universiteti bilan hamkorlikda bepul rus tili kursiga start berildi.

    Boshqa yangiliklar