1

Engil nafas qisishining og`ir oqibatlari

Salomatlik 01.04.2016, 16:47
Engil nafas qisishining og`ir oqibatlari

Tez-tez nafasim qisilib qoladi. Uzoq masofaga piyoda yura olmayman. Bu holatim qanday kasallikdan darak? Shu haqda batafsil ma`lumot bersangiz.
 

Bahodir Hamroev, Termiz
Savolga oliy toifali shifokor-terapevt Saida Nuritdinova javob beradi

Nafas olishda qiynalish nafas olish va chiqarish maromining buzilishi bilan kuzatiladi.

Buning 3 ta sababi bor:

•  Gumoral mexanizm  — miyaning nafas yo`llarida ishtirok etuvchi (kislorodning kamayishi, karbonat angidrid gazning ko`payishi) qon tarkibining kimyoviy o`zgarishi.
•  Nerv mexanizmi  — o`pka reseptorlaridan, o`pka pardasidan, diafragma va mushaklaridan  bosh miya nafas yuli markaziga nerv sistemasi bo`ylab tarqaluvchi signallar.
•  Markaziy mexanizm — bosh miya boshqa strukturalarining nafas sistemasiga ta`siri (masalan nafas qisishi).
Nafas qisilishi turlicha bo`ladi 
•  Avvalombor, odam havo etishmasligini, ko`krakda siqilish sezadi.Nafas qisilishi ob`ektiv bo`lishi ham mumkin. Kishi doimo nafas qisishidan aziyat cheksa u bu holatga ko`nikib, bora-bora sezmaydigan bo`lib qoladi. Bunda bemor gaplashganda, yurganda va harakatlanganda og`ir nafas oladi. 
•  Ba`zan kishi nafas etishmasligidan shikoyat qiladi-yu, ammo tekshiruvlar natijasida kasallik aniqlanmaydi. Fiziologik nafas qisishi sog`lom kishilarda  ham kuzatilib, unda  jismoniy ish qilganda, tog`larga chiqqanda, havosi dim , issiq xonalarda ro`y berishi mumkin.
•  Agar nafas qisishi turli kasalliklar oqibatida yuzaga kelsa, patologik nafas qisishi deyiladi. 
•  Nafas qisishining oxirgi bosqichi bo`g`ilish bo`lib u — astma deyiladi. Astma ham ikki turga bo`linadi, biri bronxial, ikkinchisi yurak astmasi.

Qanday aniqlanadi?

Bemordagi nafas qisishi qaysi turga kirishini aniqlash uchun tashqi nafas funksiyasini deb nomlanadigan tekshiruv o`tkaziladi. 

Og`ir xolatlarda esa bronxoskopiya tekshiruvi o`tkaziladi.

Bir daqiqada 16-20 marta nafas olib-chiqarish sog`lom odam uchun norma hisoblanadi. Agar 20 martadan kam bo`lsa bu taxipnoe deyiladi. 

Bemorning isitmasi ko`tarilganda yoki kishi qattiq asabiylashganda  daqiqasiga 60-80 marotaba  nafas olishi mumikn.

Agar nafas olish daqiqasiga 16 martadan kam bo`lsa, bu bradipnoe deyiladi. Bu xolat bemor qandli dibet komasiga tushganida, yoki bosh miya shikastlanganida yuzaga kelishi mumkin.

Nafas qisishi bilan qanday kurashish mumkin? 

Nafas qisishi ko`p hollarda kishi jismoniy harakatga tayyor emasligidan kelib chiqadi. Uzzu-kun kompyuterdan foydalanish, ofis, yoki dim xonada kun bo`yi o`tirib ishlash vaqt o`tgan sayin nafas qisilishiga olib keladi. Shu sabab bir joyda o`tirib ishlaydiganlarga tez-tez engil jismoniy mashqlar qilib tavsiya etiladi.

Yosh bolali oilalar ko`p jismoniy harakat qilgani sabab ham bu dard ularda kam kuzatiladi. Ya`ni yosh ota-onalar  bola yiqilmasligi, qaltis harakatlar qilmasligi uchun doim hushyor turishadi va bolaning ortidan tinmay harakat qilgani sabab ham jismonan chiniqishadi. Yillar  o`tishi bilan esa kishi kam harakat qilib, uning yurak faoliyati sustlashib boradi, hatto uchinchi qavatga piyoda ko`tarilish ham kishi uchun muammo bo`lib, nafasi qisilib qoladi

Qanday holatda patologik nafas qisishi yuz beradi? 

•  Har kungi masofani bosib o`tish vaqt o`tgan sayin og`irlik tug`dira boshlasa (to`xtab to`xtab, dam olib yurish), kechiktirmasdan  shifokorga murojaat qilish lozim.
•  Kutilmaganda paydo bo`lib, kuchayib boruvchi nafas qisishida zudlik bilan “Tez yordam” chaqirish shart. Chunki bu organizmda jiddiy muammo borligidan darak. 
•  Agar bunday noxush holat tunda ro`y bersa, yurak etishmovchiligining nishonasi bo`lishi ham mumkin, masalan, infarkt miokardning. Xuddi shu belgilar  bronxial astmaning xuruji boshlanishidan darak berishi xam mumkin.

Astmani qanday farqlash mumkin?

O`pkada quruq xirillash eshitilsa bronxial astmadan darak beradi. Nam xirillash eshitilsa, yurak astmasidan darak beradi. Bundan tashqari yurak astmasida yurakning urish maromi buzilganligi va yurak tonining jarangsizligi kuzatiladi. Agarda nafas olishda pushti rang ko`piksimon balg`am kelsa o`pka shishidan darak.

Agar bemorga nafas va yurak etishmovchiligi paydo bo`lishining differensial tashxisi qo`yilsa o`pka rentgenoskopiyasi yoki rentgenografiyasi, elektrokardiografiya va qonning asosiy ishqoriy periferik tekshiruvi o`tkazilishi shart.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1