Prezident maktablariga kirish imtihonlarining 1-bosqichidan muvaffaqiyatli o`tgan o`quvchilar uchun 2-bosqich imtihonlari 21-22 avgust kunlari bo`lib o`tadi. Bu haqda Xalq ta`limi vazirligi ma`lum qildi.
Unga ko`ra, test sinovlari Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etiladi va 2 smenada o`tkaziladi.
Sinovlar quyidagi vaqtlarda bo`lib o`tadi:
- 5-6-sinflar uchun – 21 avgust 07:00 da;
- 9-10-sinflar uchun – 21 avgust 19:00 da;
- 7-8-sinflar uchun – 22 avgust 07:00 da.
Faqatgina Farg`ona viloyatining So`x tumanida bo`lib o`tadigan test sinovlari barcha sinflar uchun 22 avgust kuni soat 07:00 da o`tkaziladi.
Talabgorlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomasini ariza.piima.uz sayti orqali shaxsiy kabinetidan yuklab olishlari mumkin.
Ulardan test sinoviga belgilangan vaqtdan kamida 1 soat oldin kelishlari talab etilmoqda.
Test sinovi bo`lib o`tadigan stadion va xiyobonlar ro`yxati va ularning geolokasiyalari bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin.