Prezidentning tadbirkorlar bilan bo`lib o`tayotgan ochiq muloqotida navbatdagi mavzu er ajratish masalasi bo`ldi, deya xabar bermoqda “Darakchi” muxbiri Sardorbek Rahmonqulov.
Davlat rahbarining ta`kidlashicha, qishloq erlari faqat ochiq tanlov asosida ijaraga beriladi. Bu tanlovd́a barcha – dehqon ham, fermer ham, agrofirma va klasterlar ham, teng shartlarda ishtirok etadilar. Noqishloq er maydonlari esa faqat auksion orqali sotiladi. Aksariyat hollarda auksionga qo`yilgan er maydonlarining tadbirkorga ma`qul joylardan emas, balki olis, chekka hudud́dagi, infratuzilmasi bo`lmagan joylardan berilgan. Yaxshi maydonlar esa, har xil yo`llar bilan hokimlar qarori asosida, to`g`ridan-to`g`ri berib kelingan. Bundan buyon, er maydonlari faqat va faqat ochiq-oshkora auksion orqali xususiy mulk sifatida sotiladi yoki ijaraga beriladi.
Shuningdek, Shavkat Mirziyoev ko`pchilik tadbirkorlarni o`z korxonasi joylashgan er maydonining taqdiri ertaga nima bo`ladi, degan savollar qiynayotgani ham bor gap ekanligiga to`xtalib o`tdi.
“Ushbu korxonalarning hozirda egalik qilish, foydalanish yoki ijara huquqi asosida egallab turgan er maydonlari, ularga mulk qilib rasmiylashtirib beriladi. Ya`ni, bu erni boshqa odam sotib ololmaydi, uni xususiylashtirishga faqat er egasining o`zi haqli bo`ladi. Bunda erning turiga qarab, uning joylashgan hududidan kelib chiqib, erlar imtiyozli shartlar asosida ushbu korxonalarga xususiylashtirib beriladi. Bundan keyin tadbirkorlar erdan yuqori likvidli aktiv va garov ob`ekti sifatida foydalanish imkoniyatiga ega bo`ladilar”, - dedi prezident.