AsosiySiyosat

200 milliard so`mga teng loyihalar va sanoat zonalariga infratuzilma etkazib berish to`liq davlat zimmasida bo`ladi — Prezident

'200 milliard so`mga teng loyihalar va sanoat zonalariga infratuzilma etkazib berish to`liq davlat zimmasida bo`ladi — Prezident'ning rasmi

Prezidentning tadbirkorlar bilan bo`lib o`tayotgan ochiq muloqotda  ko`targan galdagi masalasi sanoat zonalariga infratuzilmalarni etkazib berish hamda tadbirkorlarga qulayliklar yaratish haqida bo`ldi, deya xabar bermoqda maxsus muxbirimiz Sardorbek Rahmonqulov.

Shavkat Mirziyoevning ta`kidlashicha, infratuzilma bilan bog`liq muammolarini 3 mingga yaqin tadbirkor ko`targan. 

"Masalan, Sirdaryoda “Guliston gold yarn” korxonasi uzoq muddatdan beri elektr tarmog`iga ulana olmagan. Vaholanki, ishlab chiqarish asbob-uskunalari va o`z hisobidan transformatorgacha olib kelgan. Unga ozgina yordam berilsa, korxona 600 ta yangi doimiy ish o`rinlari yaratishga tayyor.", — dedi Prezident.

 Davlat rahbari kelgusi yilda 200 milliard so`mga teng loyihalar bo`yicha  infratuzilmalarni etkazib berish to`liq davlatning zimmasida bo`lishi haqida ham ta`kidlab o`tdi.

"Birinchidan, kelgusi yil 1 yanvardan boshlab, qiymati 200 milliard so`mga teng loyihalar bo`yicha elektr, tabiiy gaz, suv tarmoqlari va yo`l infratuzilmasini etkazib berish to`liq davlatning zimmasida bo`ladi. Bu imtiyoz, hozirgi kungacha faqatgina 50 million dollardan oshadigan xorijiy investorlar loyihalariga qo`llanib kelinmoqda. Ikkinchidan, kelgusi 2 yilda respublika bo`yicha qo`shimcha 200 ta sanoat zonalari tashkil etiladi. Ularning har biriga kamida 15 ta korxonani joylashtirish mo`ljallanib, elektr, tabiiy gaz, suv tarmoqlari va yo`l infratuzilmasi etkazib berish to`liq davlatning zimmasida bo`ladi. Ushbu maqsadlar uchun, kelgusi yilda byudjetdan 2 trillion so`m mablag` ajratiladi.".

Shuningdek Prezident elektrdagi uzilishlar tadbirkorlarlarni qiyin ahvolga solayotgani haqida ham ta`kidlab o`tdi va bu bo`yicha vazirga tegishlicha topshiriq berdi.

"Uchinchidan, elektr energiyasidagi uzilishlar ko`pchilik tadbirkorlarimizni bezovta qilayotgani ham, ayni haqiqat. Bu masala bo`yicha har bir tuman, shahar va mahalla kesimida alohida dasturlar amalga oshirilmoqda. Joriy yil 1 noyabrgacha 4 mingta transformatorni almashtirish, 35 ta podstansiya, 15 ming kilometr tarmoqlarni yangilash ishlari yakuniga etkaziladi.  Bu ishlarni amalga oshirish uchun, joriy yilning o`zida ilk bor 3 trillion so`m mablag` ajratganmiz. Elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmini keskin oshirish maqsadida tariximizda ilk bor bu sohaga to`g`ridan-to`g`ri xorijiy va xususiy biznes kirib keldi. Natijada shu yil yakuniga qadar to`liq xususiy investisiyalar hisobiga umumiy quvvati 1 ming 800 megavatt bo`lgan 8 ta issiqlik va quyosh elektr stansiyalari ishga tushiriladi. Energetika vazirligi kelgusi yillarda bu kabi loyihalarni keskin ko`paytirib 2023 yilga qadar elektr energiyasi bo`yicha qo`shimcha ishlab chiqarish quvvatlarini 4 ming 400 Megavattga oshirishi shart.", — dedi Shavkat Mirziyoev.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar