Yil yakuniga qadar Toshkentga yana 20ta metro vagonlari yuborilishi rejalashtirilgan. Bu haqda Sputnik xabar berdi.
Toshkentga Rossiya taraqqiyot davlat korporasiyasi (VEB.RF) ko`magida 20ta yangi TMX metro vagonlari yuborilgan.
Podmoskovening Mtishi shahrida Rossiyada ishlab chiqarilgan zamonaviy metro vagonlarini O`zbekistonga jo`natish tantanali marosimi bo`lib o`tgan. Vagonlar Metrovagonmash korxonasida ishlab chiqarilgan.
Vagonlar sostavi Toshkent metropolitenida ishlatiladi. Yangi vagonlardan 5ta poezdlarni shakllantirish ko`zda tutilgan.
Yil yakuniga qadar Toshkentga yana 20ta metro vagonlari yuborilishi rejalashtirilgan.
VEB.RF va Toshkent metropoliteni o`rtasida 40ta vagonlarni etkazib berish bo`yicha kredit shartnomasi 2021 yilning aprelida imzolangan. Kredit liniyasi hajmi 30,4 mln evroni tashkil etib, u 12 yil muddatga taqdim etilgan.






