1

Toshkentda shinalar o`g`rilari qo`lga tushdi

Jinoyat 20.08.2021, 17:30
Teglar: Shinalar o`g`risi
Toshkentda shinalar o`g`rilari qo`lga tushdi

Bemor sifatida respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markaziga kelgan fuqaro o`zining Lacetti rusumli  avtomashinasini  kasalxona avtoturargohida  qoldirib ichkariga kirgan. Xastaligi  jiddiy bo`lgani uchun uchun uni kasalxonadan qaytib chiqish imkoniyati bo`lmagan. O`sha kuni tungi soat 01:20 da esa kutilmaganda uning avtomashinasiga ulangan pult signalizasiyasi ishlab ketadi. Bemorning ahvoli og`ir bo`lgani uchun mashinasidan xabar olish imkoni bo`lmaydi. Bu imkoniyatdan foydalangan o`g`rilar uning avtomashinasini 4 ta g`ildiragini echib ketishadi. Bu haqda Zamon.uz xabar berdi.

Jinoyat qidiruv xodimlari tomonidan shifoxona kameralari ko`zdan kechirilganda jinoyat sodir etishda gumonlanayotgan shaxslar voqea joyiga oq rangli Spark avtomashinasida kelgani ma`lum bo`ldi va tezda avtoulov qayd etilgan manzilga yo`l olindi. Gumondor I.A  va T.A xonadoni ko`zdan kechirilganda  Gentra rusumli avtoulovga tegishli shina va disklar topiladi.

Tergov haraktlari davomida aniqlanishicha, ikkala shovvoz  avval ham poytaxtning Yunusobod, Chilonzor, Uchtepa tumanlarida 7 ta avtomobil balonini echib, ularni ehtiyot qismlar do`koniga  pullagan.

Gumondor I.A  va T.A.ga Jinoyat kodeksining 169 moddasiga asosan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo`llanilgan.

Hozirda ularning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1