AsosiyJinoyat

Zangiotada ekstremistik guruh ushlandi

'Zangiotada ekstremistik guruh ushlandi'ning rasmi

Kecha, 19 avgust kuni Toshkent viloyatining Zangiota tumanida navbatdagi «Xavfsiz hudud» tezkor tadbiri tashkil etildi. Bu haqda Toshkent viloyati IIBB Axborot xizmati ma`lum qildi.

Tadbirda viloyat Prokuraturasi, DXX va IIBB xodimlari ishtirok etib, yashirin ekstremistik faoliyat bilan shug`ullanayotgan «ikkinchi» bir guruh shaxslar ushlandi. Hozirda holat yuzasidan tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Shuningdek, viloyat bo`yicha o`tayotgan «Xavfsiz hudud» profilaktik tadbirlari davomida, "qidiruv», «yonida tig`li jism olib yurish», «belgilangan karantin va «Pasport-viza» qoidalarini buzish», «jamoat joyida spirtli ichimlik iste`mol qilish», «bezorilik» va «noqonuniy ov quroli saqlash» kabi bir nechta holatlar aniqlanib belgilangan tartibda choralar ko`rilyapti.

    Boshqa yangiliklar