O`zbekiston tashqi ishlar vazirligi Afg`onistonning 150 nafar fuqarosi o`zi xohishi bilan vataniga qaytarilganini ma`lum qildi. O`zbekiston «Tolibon» rahbariyati vakillari bilan «ushbu toifadagi shaxslarga nisbatan har qanday zo`ravonlik, tazyiq va ta`qiblarning oldini olish» bo`yicha kelishib olgan.
O`zbekiston «Tolibon» harakati bilan davlat chegarasini noqonuniy yo`llar bilan kesib o`tgan fuqarolarning xavfsizligini ta`minlash bo`yicha kafolat olish yuzasidan katta ishlar amalga oshirilgan. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi axborot xizmati ma`lumotiga asoslanib, Gazeta.uz xabar berdi.
«Tolibon rahbariyati vakillari bilan ushbu toifadagi shaxslarga nisbatan har qanday zo`ravonlik, tazyiq va ta`qiblarning oldini olish bo`yicha kelishuvlar natijasida 150 nafar Afg`oniston fuqarosi o`z xohishi bilan vataniga qaytarildi», — deyiladi xabarda.
Qo`shimchi qilinishicha, Afg`onistonga qaytgan fuqarolardan olingan ma`lumotlarga ko`ra, ularga nisbatan rasmiy prosessual choralar ko`rilgandan so`ng, ularning hammasiga uylariga qo`yib yuborilgan va hozirda ular o`z oilalari bilan to`liq xavfsiz.






