Shavkat Mirziyoev Asakadagi avtomobil zavodi hech qachon O`zbekiston xalqiga foyda keltirmaganini aytdi. Bu haqda Yangi O`zbekiston— LIVE ma`lum qildi.
Prezident Shavkat Mirziyoev 20 avgust tadbirkorlar bilan ochiq muloqot chog`ida Asakadagi General Motors avtomobil zavodi faoliyati haqida gapirdi.
«Eksportga yuborgan mashinamizni ichki bozorga nisbatan 30-40 foiz arzonroq qilib sotar edik. Chegaradan o`tkazib qo`yar edik-da, eksport qilyapmiz deb, g`o`ddayar edik. U eksport emas, balo edi», — dedi Shavkat Mirziyoev.
«Andijon mashina zavodi 3-4 yildan keyin bizga kerak ham emas. Nimaga desangiz, mana Toshkent viloyatida, Namanganda ochilyapti, Jizzaxda hech kim tasavvur qilmagan 2-3 ta zavod ochyapmiz. Shuning uchun biz Andijon zavodini ko`rsatganimizda ham faqat rasmini ko`rsatar edik, binosi chiroyli edi. Iqtisodiyoti ma`qul emas edi», — dedi davlat rahbari.
Prezidentning ta`kidlashicha, endi raqobat muhitini shakllantirish natijasida zavod o`z faoliyatini tubdan qayta ko`rib chiqishi kerak bo`ladi.






