AsosiyJamiyat

Vaksinasiya: Shu kungacha O`zbekistonda 12,6 million dozadan ortiq vaksina qo`llanildi

'Vaksinasiya: Shu kungacha O`zbekistonda 12,6 million dozadan ortiq vaksina qo`llanildi'ning rasmi

20 avgustda O`zbekiston hududlari bo`ylab 81 178 doza COVID-19ga qarshi vaksina qo`llanildi. Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati ma`lumot berdi

Ulardan:

  • 1-bosqich emlanganlar 46 748 nafarni,  
  • 2-bosqich emlanganlar 25 253 nafarni,
  • 3-bosqich emlanganlar 9 177 nafarni tashkil qildi.

Ayni kungacha mamlakatmizda jami  

12 675 808 doza vaksinadan foydalanildi. Ulardan:

  • 1-bosqich emlanganlar 8 889 148 nafarni,  
  • 2-bosqichda emlanganlar 2 783 785  nafarni,
  • 3-bosqich emlanganlar 1 002 875 nafarni tashkil qildi.  

Shu kungacha to`liq emlangan fuqarolar  1 469 541 nafarni tashkil qilmoqda.

Kecha emlash ko`rsatkichlari bo`yicha yuqori o`rinlarni:

  1. Farg`ona viloyati (19 607 doza),  
  2. Namangan viloyati (18 222  doza),
  3. Toshkent shahri (12 542 doza) band qildi.
  4. Jami emlashlar bo`yicha yuqori ko`rsatkichlar:
  5.  Farg`ona viloyatida 1 472 870 doza,  
  6. Namangan  viloyatida 1 468 696 doza,  
  7. Andijon viloyatida 1 361 002  doza,
  8. Samarqand viloyatida 1 219 621 doza,
  9. Qashqadaryo viloyatida 1 060 433 dozani tashkil qilmoqda.

Emlash jarayonlari davom etadi.

 

    Boshqa yangiliklar