1

Talab yuqori dori vositalarini Piskent tumanida 23 ming, Shirin shahrida 3 ming AQSh dollariga sotayotgan shaxslar ushlandi

Jinoyat 21.08.2021, 12:28
Talab yuqori dori vositalarini Piskent tumanida 23 ming, Shirin shahrida 3 ming AQSh dollariga sotayotgan shaxslar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Piskent tuman bo`limi tomonidan  tezkor tadbir o`tkazildi.

Unda, fuqarolar B.T., R.T. va Sh.N.lar pandemiya sharoitida talab yuqori bo`lgan dori vositalarini qimmat narxlarda sotib daromad orttirishni ko`zlab, xorijda ishlab chiqarilgan 399 quti “Sovifor 100 mg” (Remdesivir), 1 820 quti “Stoper 2 mg”, 13 quti “Kleksan 0.8ml” va 50 quti “Imudon” dori vositalarini jami 23 000 AQSh dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Ekspertiza xulosasiga ko`ra, ushbu dori vositalarining umumiy bahosi 185,3 mln so`mni tashkil etgan.

Shu kabi, Departamentning Shirin shahar bo`limi tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqarolar Sh.B. va D.B.lar o`zaro til biriktirib, 50 quti “Covifor” (Remdesivir), 5 quti “Actemra 400 mg/20ml” dori vositalarini jami 3 000 AQSh dollari va 2,7 so`mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (dori vositalarini yoki tibbiy buyumlarni dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizasiya qilish) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1