Bryussel aeroportida 50 nafardan kam bo`lmagan DAISh tarafdorlari xizmat qilishi taxmin qilinmoqda, deb xabar qildi “Vesti.ru” nashri. Ularning aksariyatida xavfsizlik moslamalari mavjud bo`lib, ular bu moslama yordamida har qanday samolyot uchuvchisining xonasiga ham kirish imkoniga egadirlar.
Shubhali xodimlar guruhiga — farroshlar, yuk tashuvchilar, yo`lovchilarga mo`ljallangan ovqatlarni o`rab, iste`molga tayyorlovchi ishchilar kiradi. Rossiya 24 nashrining ma`lumot berishicha, 22 mart kuni Bryusselda sodir etilgan teraktga DAISh jangarilari uzoq vaqt tayyorgarlik ko`rishgan. Ular Zavertem aeroportiga sayyohlar niqobi ostida o`z josuslarini yuborib, qay tarzda xavfsizlik choralari ko`rilganini o`rganishgan.
Aeroport xodimlari bu haqda mutasaddi tashkilotlarga xabar berishgan, ammo ular qanday chora ko`rganliklaridan bexabar qolishgan.
22 mart kuni Bryussel aeroportida va metroda sodir etilgan portlash oqibatida 30 dan ortiq odam halok bo`lgan, 300 dan ortiq kishi yarador bo`lgan va aeroport ma`lum muddatga ishini to`xtatgan edi.
DARAKCHIDAN YURTIMIZ VA DUNYO AYVONIDAN ENG QAYNOQ VIDEOLARhttps://t.co/GWiLDWxNTR pic.twitter.com/0XvfGs43pc
— DARAKCHI.UZ (@darakchi_news) 2 aprelya 2016 g.





