1

Xorazmda murojaatini qaytarib olishni va`da qilgan tovlamachi ushlandi

Jinoyat 21.08.2021, 14:44
Xorazmda murojaatini qaytarib olishni va`da qilgan tovlamachi ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xorazm viloyat boshqarmasi tomonidan tadbirkorlik sub`ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan  tezkor tadbir o`tkazildi.

Unda, fuqaro X.Yo. Gurlan tumanidagi sobiq muqobil mashina traktor parki va uning yordamchi binolarini go`yoki “G” MChJ rahbari noqonuniy ravishda sotib olganligi haqida huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yozgan murojaatlarini qaytarib olib harakatdan to`xtatishi evaziga, MChJ rahbaridan tovlamachilik yo`li bilan 180 mln so`m talab qilib, shundan 4 000 AQSh dollari va 74 mln so`mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1