AsosiyJamiyat

40 nafar fuqaro qishloq xo`jaligi va qurilish sohalarida ishlash uchun Rossiyaga jo`nab ketdi

'40 nafar fuqaro qishloq xo`jaligi va qurilish sohalarida ishlash uchun Rossiyaga jo`nab ketdi'ning rasmi

Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi hamda Rossiya Federasiyasining “Meros Solyushn” korxonasi o`rtasida imzolangan hamkorlik kelishuvi asosida Agentlikning mintaqaviy filiallarida qishloq xo`jaligi sohasida ishlash istagida bo`lgan fuqarolar ishtirokida tanlov o`tkazilgan edi.

Ushbu tanlovdan muvaffaqiyatli o`tib, tibbiy ko`rik natijalari ijobiy chiqqan 24 nafar fuqaro Toshkent – Moskva yo`nalishidagi aviareys orqali vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun tashkiliy tartibda Rossiya Federasiyasiga jo`natildi.

Shuningdek, Agentlik bilan Rossiya Federasiyasining “Baltrans” korxonaci o`rtasida imzolangan kelishuvga asosan 16 nafar yurtdoshimiz qurilish ob`ektlarida ishlash uchun yuborildi.

Toshkent – Moskva hamda Toshkent – Sankt-Peterburg yo`nalishidagi aviareyslar orqali vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ketayotgan fuqarolar bilan targ`ibot ishlari olib borilib, sohaga oid buklet, tarqatma materiallar berildi.

    Boshqa yangiliklar