Bugun o`zbek san`ati vakillari YuNISEFning yana bir loyihasini birgalikda qo`llab quvvatladi.
2 aprel Butunjahon autizm muammosi to`g`risidagi axborotni tarqatish kuni nishonlanadi.
Shu munosabat bilan yurtimiz san`ati vakillari YuNISEFning ushbu kunga bag`ishlangan loyihasini birgalikda qo`llab quvvatlashga qaror qilishdi.
San`at vakillari “Boshqalardan farq qilish – tabiiy hol#” xeshtegi bilan surtaga tushib, uni ijtimoiy tarmoqdagi sahifalariga joylashmoqda.
Ana shu aksiya ishtirokchilaridan biri aktrisa Yulduz Rajabova xususan o`z sahifasida quyidagi so`zlarni yozib qoldirdi:

“Autizm – bu kasallik emas... Shunchaki biz har xilmiz... Shunchaki biz har xil yaratilganmiz... Autizm kuzatilgan insonlar o`zgacha fikrlaydi xolos... Boshqalardan farq qilish tabiiy hol...”
Aktyor Adiz Rajabov:
“Dunyodagi har 88 bolaning birida Autizm kuzatilishi mumkin. Bunday bola tashqi ko`rinishdan boshqalardan farq qilmaydi. U o`zgacha fikrlaydi xolos. Boshqalardan farq qilish tabiiy hol!”
Xo`sh, Autizm o`zi nima?
Autizm bu insonning biz qabul qilgan me`yorlardan o`zgacha rivojlanishidir. Bunday odamlar atrofdagilar bilan munosabatga kirishishga qiynaladilar, hayotga va biz qabul qilgan qadriyatlarga o`zgacha qaraydilar. Yana o`zgacha fikrlaydilar, o`zgacha gaplashadilar, ayrimlari, hatto, butun umr gapirmay o`tadilar. Xuddi neyrotipik insonlar bir-biridan farq qilgandek, ular ham bir-birlariga umuman o`xshamaydilar. Bitta autistni bilaman degan odam, faqat bitta shu autistni biladi. Ular shunchalar o`zgacha. Mana shu o`zgacha odamlar bizningoramizda yashamoqdalar va bugun ularning bayrami! Autizmga aloqasi bor barcha yurdoshlarimizga sog`lik-salomatlik tilaymiz! Ishoning , sizning mashaqqatli mehnatingiz zoe ketmaydi!












