Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 28 martdagi 244-sonli qarori bilan bolalarni davlat maktabgacha ta`lim muassasalariga qabul qilish bo`yicha davlat xizmatlari ko`rsatishning ma`muriy reglamenti tasdiqlangan.
Mazkur reglamentga ko`ra bolalarning quyidagi kontingenti anketalari imtiyozli ro`yxatga kiritiladi:
· nogironligi bo`lgan shaxslarning bolalari;
· uch nafar yoki undan ko`p bolalari bo`lgan oilalarning bolalari;
· harbiy xizmatchilarning va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining bolalari;
· talabalar va pedagoglarning bolalari;
· etim bolalar yoki ota-onasining qarovisiz qolgan bolalar;
· boshqa muassasalardan o`tkazilgan bolalar;
· akalari yoki opalari ushbu muassasaning tarbiyalanuvchilari jumlasidan bo`lgan bolalar.
Shunga ko`ra Siz talaba bo`lganligingiz sababli imtiyozli toifaga kirilitgansiz. Bunda ustunlik huquqingiz mavjudligi to`g`risidagi ma`lumot anketangizda ko`rsatilgan bo`lishi lozim.