AsosiyJamiyat

1 sentyabrdan xorijiy tillarni o`qitish bo`yicha eng yaxshi natijaga erishgan maktablar 500 mln. so`m bilan mukofotlanadi

'1 sentyabrdan xorijiy tillarni o`qitish bo`yicha eng yaxshi natijaga erishgan maktablar 500 mln. so`m bilan mukofotlanadi'ning rasmi

Prezidentning “O`zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o`rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qaroriga ko`ra, 2021/2022 o`quv yilidan tumanlar (shaharlar)da umumiy o`rta ta`lim muassasalari negizida xorijiy tillarni o`qitishga ixtisoslashtirilgan 207 ta maktab tashkil etiladi. 

Shu bilan birga, 1 sentyabrdan xorijiy tillarni o`qitish bo`yicha eng yaxshi natijalarga erishgan maktablarni rag`batlantirish maqsadida Prezident sovrini ta`sis etiladi.  

Bunda, sovrin uchun musobaqalar umumta`lim maktablari o`rtasida quyidagi uch bosqichda tashkil etilgan holda:

  •  birinchi bosqich – tuman va shaharlarda o`tkazilib, g`oliblar 100 mln so`mgacha;
  •  ikkinchi bosqich – Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida o`tkazilib, g`oliblar 250 mln so`mgacha;
  •  uchinchi bosqich – respublika miqyosida o`tkazilib, g`oliblar 500 mln so`mgacha pul mablag`lari bilan mukofotlanadi. 


Qishloqlarda xorijiy tillarni o`qitish faoliyatini tashkil etish uchun tadbirkorlarga 50 mln so`mgacha bir martalik subsidiya ajratish amaliyoti yo`lga qo`yiladi. 

Boshqa yangiliklar