Rossiya Federasiyasi hududida o`zbekistonlik mehnat migrantlarini kasb-hunar va rus tiliga o`qitish ishlarini o`rganish maqsadida ushbu davlatda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi Ishchi guruhi bo`lib turibdi. Bu haqda Agentlik xabar bermoqda.
Ishchi guruhi a`zolari Sankt-Peterburgdagi “Promstroy" mas`uliyati cheklangan jamiyati rahbariyati bilan yurtdoshlarimizni rus tiliga o`qitish ishlarini tashkil etish bo`yicha uchrashuv o`tkazdi.
Uchrashuvda mazkur korxona ishlayotgan 100 nafar o`zbekistonlik mehnat migrantlarini Rossiya Xalqlar do`stligi universiteti dasturi asosida bepul rus tili kursiga o`qitishni boshlash bo`yicha kelishib olindi.
O`quv kurslari tez kunda boshlanadi.






