Samarqand viloyatining Samarqand tumanida noma`lum shaxs o`zganing mulkini talon-taroj qilish maqsadida bir fuqaroning uyiga bostirib kirgan.
U jabrlanuvchini zo`rlik ishlatish bilan qo`rqitib, pul talab qilganida, ko`rsatilgan faol qarshilik natijasida hech narsa olmay o`z urinishlari behuda ekanini his etib voqea joyidan yashiringan, deya xabar beradi O`zbekiston Respublikasi IIV Matbuot xizmati.
Jinoyat joyiga etib kelgan ichki ishlar xodimlari jabrlanuvchi hamda uning qo`ni-qo`shnilaridan surishtirib, voqea joyini ko`zdan kechirib, jinoyatni sodir etishda gumonlanuvchilarning alohida belgilarini o`rganib chiqdilar.
Olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida mazkur jinoyatni sodir etgan gumonlanuvchining shaxsi aniqlandi va u "issiq izida" qo`lga olindi.
Mazkur bosqinchilik bo`yicha jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
DARAKCHIDAN YURTIMIZ VA DUNYO AYVONIDAN ENG QAYNOQ VIDEOLARhttps://t.co/GWiLDWxNTR pic.twitter.com/0XvfGs43pc
— DARAKCHI.UZ (@darakchi_news) 2 aprelya 2016 g.