1

Izboskanda fuqaroga 8 sotix er maydoni olib berishni va`da qilgan firibgar ushlandi

Jinoyat 23.08.2021, 12:19
Izboskanda fuqaroga 8 sotix er maydoni olib berishni va`da qilgan firibgar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Izboskan tumani bo`limlari tomonidan  tezkor tadbir o`tkazildi. 

Unda, fuqaro D.T. fuqaro M.ning ishonchiga kirib, unga tumandagi “Daryobo`yi” MFY hududidan boshqa bir fuqaroga ishlab chiqarish sexi binosi qurish uchun ajratilgan 8 sotix er maydoniga turar-joy qurish uchun tanishlari orqali kadastr hujjatlarini tayyorlab berishni va`da qilib, evaziga 15 000 AQSh dollarini firibgarlik yo`li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1