AsosiyJamiyat

Qashqadaryodagi qamoqxonada 19 yoshli yigit o`z joniga qasd qilganligi yuzasidan prokuratura xodimlari tergov qilinayotganligi rad etildi

'Qashqadaryodagi qamoqxonada 19 yoshli yigit o`z joniga qasd qilganligi yuzasidan prokuratura xodimlari tergov qilinayotganligi rad etildi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryodagi qamoqxonada 19 yoshli yigit o`z joniga qasd qilganligi holati yuzasidan Qarshi maxsus prokurori xodimlarga nisbatan ish qo`zg`atganligi va tergov harakatlari boshlanganligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

O`zbekiston Bosh prokuraturasi matbuot kotibining ma`lum qilishicha, Qarshi shahridagi manzil-koloniyasida jazo o`tayotgan mahkum D.J. muassasada joylashgan oziq-ovqat do`konidan chiqib, cho`ntagida bo`lgan soqol olish uchun mo`ljallangan olmos bo`lagi (lezvie) bilan qornini va qo`llarini 3-4 marotaba tilgan.

Holat yuzasidan tayinlangan sud-tibbiy ekspertiza xulosasiga ko`ra, mahkumda engil tan jarohatlari aniqlangan.

Ta`kidlanishicha hozirda Qarshi maxsus prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o`tkazilmoqda.

Shuningdek, bayonotda Qarshi maxsus prokurori koloniya xodimlariga nisbatan ish qo`zg`atganligi va tergov harakatlari boshlanganligi haqidagi ma`lumotlar esa  tasdiqlanmagan.

    Boshqa yangiliklar