️ Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 28 martdagi 244-sonli qarori bilan bolalarni davlat maktabgacha ta`lim muassasalariga qabul qilish bo`yicha davlat xizmatlari ko`rsatishning ma`muriy reglamenti tasdiqlangan.
Mazkur reglamentga ko`ra bolalarning quyidagi kontingenti anketalari imtiyozli ro`yxatga kiritiladi:
▪️nogiron bo`lgan shaxslarning bolalari;
▪️uch nafar yoki undan ko`p bolalari bo`lgan oilalarning bolalari;
▪️harbiy xizmatchilarning va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining bolalari;
▪️talabalar va pedagoglarning bolalari;
▪️etim bolalar yoki ota-onasining qarovisiz qolgan bolalar;
▪️boshqa muassasalardan o`tkazilgan bolalar;
▪️akalari yoki opalari ushbu muassasaning tarbiyalanuvchilari jumlasidan bo`lgan bolalar.






