AsosiyJamiyat

Xalqaro imtihon tizimlari bo`yicha yuqori ball olgan mingdan ortiq yoshlarga imtihon xarajatlari davlat tomonidan to`lab berildi

'Xalqaro imtihon tizimlari bo`yicha yuqori ball olgan mingdan ortiq yoshlarga imtihon xarajatlari davlat tomonidan to`lab berildi'ning rasmi

️ Bugun Yagona portalga ushbu havola orqali kirsangiz, Xalqaro imtihon tizimlari bo`yicha yuqori ball (daraja) to`plagan yoshlarning kompensasiyasi bilan bog`liq statistika bilan ham tanishishingiz mumkin. Portalda ma`lumotlar doimiy yangilanib boradi.

Shu kunga qadar 1035 nafar yoshlarga imtihon xarajatlari to`liq qoplab berilgan bo`lib, arizalarning 964 tasi my.gov.uz portali, 542 tasi DXM orqali kelib tushgan. 286 nafar arizachining talabi rad etilgan.  

Tizimning raqamlashtirilgani ochiqlik va shaffoflikni, qulaylikni ta`minlaydi.  

Muhimi, bilimli, salohiyatli yoshlarimiz ushbu tizim orqali davlat ko`magini his qilishmoqda.  

 Shu o`rinda eslatib o`tamiz, ushbu imkoniyatdan 30 yoshgacha bo`lgan barcha yoshlar birdek foydalanishlari mumkin. Buning uchun 2021 yil 13 apreldan (ushbu qaror kuchga kirgandan) IELTS, SAT, TOEFL, GMAT, GRE kabi imtihonlarda yuqori natija qayd etgan yoshlar my.gov.uz portali orqali murojaat qilsalar kifoya.

 Ularga imtihon xarajatlari istalgan shaklda (plastik karta yoki naqd) to`liq qoplab beriladi.

 YaIDXP orqali murojaat etilganda, so`rovnomani ERI bilan tasdiqlash talab qilinmaydi.  

 

    Boshqa yangiliklar