AsosiyJamiyat

1 sentyabrdan O`zbekiston fuqarolari Rossiya hududiga "COVID-19siz sayohat" mobil ilovasiga PZR-testning manfiy natijasini qayd etish orqali kiritiladi

'1 sentyabrdan O`zbekiston fuqarolari Rossiya hududiga "COVID-19siz sayohat" mobil ilovasiga PZR-testning manfiy natijasini qayd etish orqali kiritiladi'ning rasmi

Bu haqda AOKAda o`tkazilayotgan matbuot anjumanida ma`lum qilindi:

«Puteshestvuyu bez Covid-19» ilovasini iOS yoki Android tizimlariga o`rnatish mumkin. Bunda quyidagi oddiy qadamlarni bajarish kerak:

▪️Til tanlash;

▪️Yaqin atrofdagi laboratoriyalarni topish uchun geolokasiyani yoqish;

▪️Hamma joyda «Keyingi» tugmasini bosish;

▪️O`zbekiston fuqarolari «Lisenziya shartnomasi shartlarini qabul qilaman» va «Yakunlash» tugmalarini tanlaydi;

▪️Jo`nab ketish va kirib kelish mamlakatlari ko`rsatiladigan sahifa paydo bo`ladi. Yaqin atrofdagi laboratoriyalar ro`yxati ochiladi;

▪️Qulay laboratoriya tanlanadi va bosiladi;

▪️Jarayonlarni bajarish bo`yicha ko`rsatmalar olinadi;

▪️«Profil» bo`limida pasport skanerlanadi. QR-kodni tekshirish va dastur tilini o`zgartirish mumkin;

▪️«Sinovlar» bo`limida rozilik varag`idagi QR-kodi skanerlanadi.

    Boshqa yangiliklar