AsosiyJamiyat

1-sinf o`quvchilariga atalgan “Prezident sovg`alari” karvoni hududlarga yo`l oldi

'1-sinf o`quvchilariga atalgan “Prezident sovg`alari” karvoni hududlarga yo`l oldi'ning rasmi

Joriy yilning 23 avgust kuni an`anaga ko`ra 1-sinf o`quvchilariga topshiriladigan “Prezident sovg`alari”dan iborat karvon hududlarga yo`l oldi. Bu haqda Zamon.uz xabar berdi.

Ma`lum bo`lishicha, 12 turdagi o`quv qurollari, jumladan portfel, daftar, rasm daftari, akvarel bo`yoqlari, rangli qog`oz, qalamdon, sharikli ruchka, rangli va oddiy qalamlar, plastilin, elim, o`chirg`ichni o`z ichiga olgan sovg`alar dastlab Jizzax va Sirdaryo viloyatlariga etib boradi.

 Yangi o`quv yili boshlanguniga qadar mazkur sovg`alar bosqichma-bosqich barcha maktablarga etkazilib, o`quv yilining ilk kuni o`quvchilarga topshiriladi.

Ma`lumotlarga ko`ra, 2021-2022 o`quv yilida 641 604 nafar o`quvchilar maktablarning 1-sinflariga qabul qilinishi rejalashtirilgan.

Boshqa yangiliklar