1

Samarqandda 1 kilogrammdan ortiq «opiy» sotayotgan ayol qo`lga olindi

Jinoyat 23.08.2021, 20:48
Samarqandda 1 kilogrammdan ortiq «opiy» sotayotgan ayol qo`lga olindi

21 avgust kuni Samarqand viloyati IIB JQB xodimlari tomonidan, Urgut tumani O`ramas mahallasida tezkor tadbir o`tkazildi. Bu haqda Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati ma`lum qildi.

Tadbir davomida, Urgut tumani «Mirzabog`lon-Chep» mahallasida yashovchi 1992 yilda tug`ilgan T.I. ismli ayol 18 ming AQSh dollari evaziga A. ismli shaxsga 1 kilogramm 240 og`irlikdagi «opiy» giyohvandlik vositasini sotayotgan vaqtida viloyat IIB JQB xodimlari tomonidan daliliy ashyolar bilan ushlandi.

Bundan tashqari, giyohvandlik moddasini qo`lga olingan shaxsga olib chiqishda yaqindan yordam bergan Sh.O. ham ushlandi.

Holat yuzasidan Urgut tumani bo`yicha IIO FMB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyati ishi qo`zg`atilgan.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1