Joriy yil iyul oyiga qadar Agentlik va uning hududiy boshqarmalari xulosalari asosida axborot xizmati rahbari lavozimiga rasman tasdiqlanib, faoliyat yuritib kelgan respublika darajasidagi 139 nafar matbuot kotibidan 29 nafarining (o`tgan yil yakunida 14 nafar) ish natijalari yuqori, 74 nafariniki (o`tgan yil yakunida 67 nafar) o`rta, 23 nafariniki (o`tgan yil yakunida 30 nafar) qoniqarli, 13 nafari (o`tgan yil yakunida 17 ta)ning faoliyati past darajada, deya baholandi. Bu haqda AOKA ma`lumot berdi.
Tuman va shaharlar hokimliklari kesimida 206 nafar matbuot kotibidan 10 nafarining (o`tgan yil yakunida 6 nafar) faoliyati yuqori, 83 nafariniki (o`tgan yil yakunida 7 nafar) o`rta, 70 nafariniki (o`tgan yil yakunida 117 nafar) qoniqarli, 38 nafariniki (o`tgan yil yakunida 60 nafar) esa past darajada, deb topildi.
Tegishli Nizom talablariga ko`ra:
- markaziy tashkilotlar yo`nalishida Markaziy bank (A. Nazarov);
- vazirliklar yo`nalishida Sog`liqni saqlash (F. Sanaev), Adliya (S. O`rinboeva), Xalq ta`limi (L. Rustamova), Ichki ishlar (Sh. Giyasov), Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish (Sh. Axmatov), Energetika (E. Bekmurodova), Mudofaa (B. Zulfiqorov), Maktabgacha ta`lim (M. Asqarxo`jaeva), Mahalla va oilani qo`llab-quvvatlash (S. Boymirzaeva), Qurilish (R. Egamberdiev) vazirliklari;
- davlat qo`mitalari va qo`mitalar yo`nalishida Davlat soliq (M. Nazarov) va Davlat bojxona qo`mitalari (N. Calomov);
- agentliklar yo`nalishida Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari (S. Zokirova), “O`zarxiv” (A. Aliev), Kadastr (N. Atamuratov), Yoshlar ishlari (N. Abduqodirov), Prezident ta`lim muassasalari (D. Sobirova) agentliklari;
- inspeksiyalar yo`nalishida Ta`lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (Sh. Xo`jaqulov);
- markazlar yo`nalishida Gidrometeorologiya xizmati markazi (M. Asqarova),
- aksiyadorlik jamiyatlari va kompaniyalar yo`nalishida “O`zbekiston tovar-xomashyo birjasi” AJ (H. Tillaboev), “Hududgazta`minot” AJ (M. Mametova), “O`zsuvta`minot” AJ (A. Murodov), “O`zkimyosanoat” AJ (M. Xaitova);
- boshqa tashkilotlar yo`nalishida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati (M. Bozorov);
- mahalliy davlat hokimiyati organlari yo`nalishida Samarqand viloyati (M. Mirzaev), Buxoro viloyati (O. Jo`raev), Jizzax viloyati (A. Binokulov), Qashqadaryo viloyati (A. Sodiqov) hokimliklari;
- tuman va shahar hokimliklari yo`nalishida Samarqand (A. Po`latov), Kattaqo`rg`on (J. Nosirov), Urganch (B. Xudayberganov) shaharlari, Bulung`ur (A. Jabbarov), Samarqand (B. Xonkeldiev), Jomboy (O. Odilov), Ohangaron (E. Utbasov), Hazorasp (J. Usmanova), Yangibozor (U. Nurmetova), Uchtepa (T. To`raev) tumani hokimliklari axborot xizmati rahbarlari 2021 yilning birinchi yarmida yuqori natija qayd etdi.






