1

Namanganda fuqaroning o`qishini ko`chirib berishni va`da qilgan talaba qo`lga olindi

Jinoyat 23.08.2021, 21:18
Namanganda fuqaroning o`qishini ko`chirib berishni va`da qilgan talaba qo`lga olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangiqo`rg`on tuman bo`limi tomonidan DXXning Namangan viloyati boshqarmasi bilan hamkorlikda o`tkazgan tezkor tadbirda, Namangan davlat universiteti talabasi A.Q. fuqaro A.ning o`qishini Qirg`iziston Respublikasi O`sh davlat universitetidan o`zi ta`lim olayotgan universitetga vakolatlari tanishlari orqali ko`chirib berishni va`da qilib, evaziga 1 000 AQSh dollari va 5,3 mln so`mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shuningdek, A.Q.ning ko`rsatuviga asosan davom etgan tadbirlarda, Universitet o`qituvchilari M.A., undan keyin B.A. ushbu pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1