O`zbekiston Mustaqilligining 30 yillik bayrami arafasida “O`zbekiston” nashriyoti tomonidan “Yangi O`zbekiston” kitob-albomi nashrdan chiqarildi. Bu haqda Yangi O'zbekiston — LIVE ma`lum qildi:
Ushbu majmuada istiqlol yillarida, ayniqsa, keyingi besh yilda yurtimizda yangi davlat va jamiyat qurish, xalqimiz qalbidan chuqur joy olgan Yangi O`zbekiston g`oyasini amalga oshirish yo`lida olib borilayotgan ulkan ishlar haqida atroflicha hikoya qilinadi.
Tomchida quyosh aks etganidek, ushbu kitob-albomdan o`rin olgan har bir dalil va ma`lumot, surat va lavha bunyodkor xalqimizning kuch-g`ayrati va salohiyati bilan erishilgan, barchamiz uchun g`oyat qadrli bo`lgan yuksak marralar xususida, dunyoda yagona, aziz va mo``tabar ona diyorimiz — Yangi O`zbekistonimiz haqida hikoya qiladi.