Oliy Liga bahslarining 3-tur uchrashuvlari start oldi.
Turning dastlabki o`yinida O`zbekiston chempionatining kumush medallari sovrindori “Lokomotiv” o`z uyida “Neftchi” futbolchilarini qabul qildi. Unda “temiryo`lchilar” 4:0 hisobida yirik g`alabani qo`lga kiritishdi.
Shuningdek, amaldagi chempion “Paxtakor” safarda “Buxoro” mehmoni bo`ldi. Ushbu o`yinda hisob ochilmadi va nursiz durang qayd etildi.
“Nasaf” o`z maydonida Toshkentning “Obod” klubini 1:0 hisobida mag`lubiyatga uchratdi.
Oliy Liga, 3-tur
1 aprel, juma
“Lokomotiv” – “Neftchi” - 4:0
Gollar: 1:0 - 9 Temurxo`ja Abduxoliqov, 2:0 - 31 Marat Bikmaev, 3:0 - 49 Marat Bikmaev, 4:0 - 76 Kaxi Maxaradze.
“Nasaf” – “Obod” - 1:0
Gol: 1:0 - 43 Ilhom Shomurodov
“Buxoro” – “Paxtakor” - 0:0
Bugun, 3-turdan o`rin olgan qolgan uchrashuvlar bo`lib o`tadi.
2 aprel, shanba
“Qo`qon—1912” (Qo`qon) — “Andijon” (Andijon)
“Qizilqum” (Navoiy) — “Olmaliq” (Olmaliq)
“Metallurg” (Bekobod) — “Sho`rtan” (G`uzor)
“Navbahor” (Namangan) — “So`g`diyona” (Jizzax)





