AsosiyJamiyat

Ikkita viloyatda qo`llanilgan vaksinalar 1,5 million dozadan oshdi

'Ikkita viloyatda qo`llanilgan vaksinalar 1,5 million dozadan oshdi'ning rasmi

​23 avgustda mamlakatimiz hududlari bo`ylab 81 533 doza COVID-19ga qarshi vaksina qo`llanildi. Ulardan:

  • 1-bosqich emlanganlar 35 167 nafarni,
  • 2-bosqich emlanganlar 35 031 nafarni,
  • 3-bosqich emlanganlar 11 335 nafarni tashkil qildi.

 

Ayni kungacha mamlakatimizda jami

12 831 577  doza vaksinadan foydalanildi. Ulardan:

  • 1-bosqich emlanganlar 8 964 572 nafarni,
  • 2-bosqichda emlanganlar 2 845 341  nafarni,
  • 3-bosqich emlanganlar 1 021 664 nafarni tashkil qildi.

Shu kungacha to`liq emlangan fuqarolar  1 494 680 nafarni tashkil qilmoqda.

Kecha emlash ko`rsatkichlari bo`yicha yuqori o`rinlarni:

  • Farg`ona viloyati (22 988 doza),
  • Namangan viloyati (20 463 doza),
  • Toshkent shahri (9 767 doza) band qildi.

Jami emlashlar bo`yicha yuqori ko`rsatkichlar:

  • Farg`ona viloyatida 1 513 797 doza,
  • Namangan  viloyatida 1 507 855 doza,
  • Andijon viloyatida  1 365 377 doza,
  • Samarqand viloyatida 1 222 826 doza,
  • Qashqadaryo viloyatida 1 060 975 dozani tashkil qilmoqda.

Emlash jarayonlari davom etadi.

    Boshqa yangiliklar