Bugun poytaxtimizning Sergeli tumanidagi zavodlardan birida respublika huquqni muhofaza qilish idoralari tomonidan noqonuniy muomaladan musodara qilingan narkotik moddalarning 1 tonna 350 kg.ga yaqini yoqib, yo`q qilindi.
Taqdim etilgan ma`lumotlarga ko`ra, O`zbekistondagi narkovaziyatga salbiy ta`sir ko`rsatayotgan asosiy omil - qo`shni Afg`onistonning hanuzgacha giyohvandlik vositalarini ko`p miqdorda etishitirilishi, dunyoning turli mintaqalariga O`zbekiston hududi orqali eksport qilinishidir. Tahlillarga ko`ra, bu erda o`tgan yilda 224 ming gektar maydonlarda 6,3 ming tonna opiy etishtirilgan.
O`zbekistonda 2020 yilda giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanishi bilan bog`liq 6032 ta jinoyat fosh etilgan. Natijada, 1 tonna 542,6 kg. narkotik moddalar musodara qilingan. Bu o`tgan yilga nisbatan 28,5 foizga ko`paygan.
Ta`kidlanishicha, 2020 yilda 28,4 kg. geroin, 124,1 kg. opiy, 127,3 kg. gashish moyi, 323,9 kg. ko`knor, 692,8 kg. marixuana, 223,9 kg. gashish va boshqa narkotik moddalar ushlab qolingan.
Davlat bojxona qo`mitasining xabar berishicha, 2021 yilning o`tgan davri mobaynida davlat bojxona xizmati organlari tomonidan hamkorlikda aniqlangan:
301 ta holatda 164,6 kg narkotik moddalar;
20 ta holatda 2379 dona psizotrop tabletkalar;
13 ta holatda 17,2 kg. kuchli ta`sir qiluvchi moddalar ushlab qolindi.