1

Toshkentda fuqarolarni o`qishga kiritib qo`yishni va`da qilgan firibgarlar ushlandi

Jinoyat 24.08.2021, 12:32
Toshkentda fuqarolarni o`qishga kiritib qo`yishni va`da qilgan firibgarlar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Mirobod tumani bo`limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi DXX bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro Z.A. boshqa bir fuqaro Sh.ni  tanishlari orqali Qirg`iziston Respublikasining Farmasevtika oliygohiga o`qishga kiritib qo`yish va keyinchalik o`qishini Toshkent farmasevtika institutiga ko`chirib berish evaziga undan 3 500 AQSh dollarini firibgarlik yo`li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departamentning Yangihayot tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro O.U. fuqaro Yu.ni 2 000 AQSh dollari evaziga O`zbekiston temir yo`llari texnikumiga tanishlari orqali o`qishga kiritib qo`yishni va`da qilib, oldindan 1 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1