AsosiyJamiyat

Bu yil O`zbekistonda “103” xizmati ko`chma brigadalari soni 2 ming 681 taga etgan

'Bu yil O`zbekistonda “103” xizmati ko`chma brigadalari soni 2 ming 681 taga etgan'ning rasmi

 2021 yilning ayni davriga kelib, “103” xizmati ko`chma brigadalari soni 2 ming 681 taga etdi. Vaholanki, bu raqam o`tgan 2020 yilning xuddi shu davrida 2 ming 576 tani tashkil qilgan edi. Bu haqda SSV ma`lum qildi .

Xabarga ko`ra,  2019 yilda “103” xizmatiga dori-darmon uchun 26 milliard 580 million so`mdan ortiq mablag` ajratilgan bo`lsa, 2020 yilda bu ko`rsatkich 75 milliard 387 million so`mdan ziyodni tashkil etdi.

Shu bilan birga 2021 yilning olti oyi davomida  esa “tez yordam” tizimiga dori-darmon xarajatlari uchun 29 milliard 14 million so`mdan ortiq mablag` ajratilgan. 

Eslatib o`tamiz,  bugunga kelib, “103” xizmatining bitta chaqirig`iga sarflangan dori-darmon uchun minimal xarajatlar o`rtacha 5118 so`mni tashkil qilgan.

Boshqa yangiliklar