Nima sababdan maktab darsliklari ijara asosida beriladi? Xalq ta`limi vazirligi shu va shu kabi savollarga javob berdi.
Ma`lum bo`lishicha, ota-ona darslikni ko`chadan xarid qiladigan bo`lsa bu unga juda ham qimmatga tushadi, birgina ta`lim tili rus tilida bo`lgan 4-sinf to`plam darsliklarning bahosi ochiq savdoda 299 630 so`mni tashkil qilsa, kutubxonada ushbu to`plam darslikning bahosi 24 200 so`m bo`lib, 12 barobarga arzon sanaladi. Qayd etilishicha, darslik ijarasi kutubxona jamg`armalaridan ixtiyoriylik asosida amalga oshiriladi.
Shuningdek, XTV maktablarda darsliklarni ijaraga berishda aholining ijtimoiy zaif qatlamlarida imkoniyat yo`qligi inobatga olinadimi yo`qmi, degan savolga ham javob berdi.
"Albatta inobatga olinadi. Ijtimoiy yordamga muhtoj bo`lgan oilalardagi o`quvchilar umumta`lim maktabi kutubxona jamg`armasi tomonidan darsliklar to`plami bilan bepul ta`minlanadi. Bu “Umumta`lim maktablarini darsliklar va o`quv-metodik qo`llanmalar bilan ta`minlash tartibi to`g`risida”gi Nizomda belgilab qo`yilgan",- deyiladi xabarda.






