AsosiyJamiyat

25 avgustda "Afrosiyob" poezdining harakat jadvalida bir martalik o`zgarish bo`ladi

'25 avgustda "Afrosiyob" poezdining harakat jadvalida bir martalik o`zgarish bo`ladi'ning rasmi

Navoiy - Buxoro yo`nalishidagi temir yo`lda kapital ta`mirlash ishlari amalga oshirilishi munosabati bilan, 2021 yil 25 avgust kuni soat 7:28 da Toshkent - Buxoro yo`nalishida qatnovini amalga oshiradigan 762-sonli "Afrosiyob" yuqori tezlikda harakatlanuvchi poezdining harakat jadvalida bir martalik o`zgarish bo`ladi. Bu haqda "O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi" AJ xabar berdi.

Unga ko`ra, mazkur poezd shu kuni Toshkentdan Navoiygacha harakatini amalga oshiradi. Yo`lovchilar Navoiydan Buxorogacha “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ  tomonidan tashkil qilinadigan maxsus avtobuslarda olib boriladi.  

Joriy yil 25 avgust kuni Buxoro-Toshkent yo`nalishida qatnovini amalga oshiradigan 761-sonli "Afrosiyob" yuqori tezlikda harakatlanuvchi poezdi o`z vaqtida harakatini amalga oshiradi. Shuningdek, boshqa poezdlar harakat jadvalida ham o`zgarish bo`lmaydi.

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rahbariyati bunday noqulaylik uchun yo`lovchilardan uzr so`raydi", - deyiladi xabarda.

IZOH: Qo`shimcha ma`lumotlarni Toshkent shahrida 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo`l kassalari hamda ma`lumotlar byurosidan bilib olish mumkin.

Boshqa yangiliklar