AsosiyJamiyat

Har bir shahar va tuman markazlarida kamida 2 tadan “yashil maydon” va istiroxat bog`lari tashkil etiladi

'Har bir shahar va tuman markazlarida kamida 2 tadan “yashil maydon” va istiroxat bog`lari tashkil etiladi'ning rasmi

Xabar berganimizdek, ayni jdamda Prezident Shavkat Mirziyoev raisligida atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi ustuvor vazifalarga bag`ishlangan videoselektor yig`ilishi bo`lib o`tmoqda.

Unda ko`tarilgan galdagi masala "yashil maydon" larni ko`paytirish xususida bo`ldi, deya xabar bermoqda davlat rahbarining matbuot kotibi.

Respublikadagi 300 ga yaqin istirohat bog`i turli vazirlik va idoralarga qarashli bo`lib, ularning aksariyati qarovsiz, desak bu ham haqiqat", - dedi Prezident.

Yig`ilishda viloyat hokimlariga yil yakuniga qadar istirohat bog`larida aholi uchun “sokin hudud”larni tashkil etish topshirilgan. Bunda, mazkur bog`larning kamida 60-70 foizi “yashil hudud” bo`lishi kerak va ushbu hududlarda bino-inshootlar qurilishiga ruxsat berilmaydigan bo`ldi.  Toshkent shahrining har bir tumanida 1 tadan sayilgoh (jami – 12 ta), “yashil maydon” va alleya (jami – 25 kilometr), ko`p qavatli uylar joylashgan mahallalarning har birida “yashil maydon”lar tashkil etilish belgilab qo`yildi. 

Shu bilan birga, poytaxtning 60 kilometr kanal bo`ylari, 250 kilometr piyoda yo`laklari atrofiga manzarali daraxtlar ekish kerakligi ham aytib o`tilgan.

Boshqa yangiliklar