Rossiyalik xonanda Sergey Lazarev “Evrovidenie” uchun tayyorlangan qo`shig`i ko`pchilikka nima sababdan manzur bo`layotganini aytdi. Bu haqda “Lenta.ru” xabar bermoqda.
You Are the Only One(Sen yagonasan) qo`shig`i ma`lum shaxsga atalgan. Bu esa taronaning muvaffaqiyatini ta`minlagan.
“Qo`shig`im bir qizga atalgan. O`ylashimcha, shuning uchun ham u muvaffaqiyatli chiqqan. Tinglovchilar aniq shaxsga yo`nalgan so`zlarni his qilmoqda”,—deydi xonanda.
Biroq Sergey Lazarev qo`shiq atalgan qizning ismini oshkor etishni istamadi.
Moskva shahrida 3 aprel kuni bo`lib o`tgan matbuot anjumanida Sergey Lazarev xalqaro tanlovda ishtirok etishga tayyorligini bildirgan edi.
“Men bir necha yillik musiqiy tajribaga egaman, birinchi yili kuylayotganim yo`q. Ammo ‘Evrovidenie’ tajribasiga ega emasman. O`zimni bekor o`tiribman, deb ayta olmayman. G`arbdagi kar`eram esa moliyaviy inqiroz tufayli to`xtab qolgan edi”,—deydi Sergey Lazarev.





