Bozor iqticodiyoti rivojlanib borgani sari mahsulot va xizmatlar narxidagi tafovutlar ham sezilarli darajada farqli bo`ladi. Pandemiya sharoitida odamlarning oziq-ovqat mahsulotlariga bo`lgan talabi oldingiga qaraganda ancha ortdi. Bu davrda ehtiyoj katta bo`lgan mahsulotlardan biri bu go`shtdir. Odamlar orasida go`sht narxining oshib borayotgani haqidagi gaplar tez-tez quloqqa chalinadi. Shu asnoda rivojlangan rivojlanayotgan mamlakatlardagi go`sht narxi bilan qiziqdik.
Quyida bir necha mamlakatdagi narxlar haqida so`z yuritamiz.
AQShda bugungi kunda go`sht narxlari quyidagicha: 1 kg muzlatilgan mol go`shti 10 dollar, 1 kg biftek uchun mol go`shti 8-12 dollar, 1 kg mol qovurg`a go`shti 8-15 dollar.
Germaniyada quyidagicha: 1 kg mol go`shti 15-25 dollar, 1 kg tovuq go`shti 8-10 dollar.
Buyuk Britaniyada 1 kg mol go`shti 15 dollar, 1 kg qo`y go`shti 20 dollar.
Fransiyada 1 kg mol go`shti 25-30 dollar, butun tovuq aksiya e`lon qilinganda (o`rtacha 1. kg) 5 dollar. Odatiy hollarda aksiyadagidan 30% qimmatroq.
Rossiyada 1 kg mol go`shti 8-9 dollar, 1 kg qo`y go`shti 9-10 dollar.
Chorvachiligi rivojlangan yon qo`shnimiz Qozog`istonda 1 kg mol go`shti 7 dollar, 1 kg ot go`shti 15 dollar, 1 kg qo`y go`shti 8 dollar, 1 kg tovuq go`shti 4-6 dollar.
Qirg`iz Respublikasida 1 kg qo`y go`shti 8 dollar, 1 kg mol go`shti 7 dollar, 1 kg tovuq go`shti 3-3,5 dollar.
Shuningdek, 1 mol go`shti Turkiyada o`rtacha 9 dollar, Janubiy Koreyada 60 dollar, Ozarbayjonda 8 dollar, Gruziyada 8 dollar, Ukrainada 7 dollar atrofida sotilmoqda.
Endi mamlakatimiz bozorlaridagi go`sht narxlari bilan tanishib chiqamiz. Ayni kunlarda bozorlarimizda 1 kg qo`y go`shti narxi bugungi kundagi valyutalar kursi bilan hisoblaganda 6.2 dollar, 1 kg mol go`shti 5-5.5 dollar, 1 kg tovuq go`shti 2-2.5 dollarni tashkil etmoqda