AsosiyJamiyat

Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo`yicha sektorlar faoliyati baholanadi — Hukumat qarori

'Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo`yicha sektorlar faoliyati baholanadi — Hukumat qarori'ning rasmi

 

Hukumat qarori bilan Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo`yicha sektorlar faoliyati samaradorligini baholash tartibi to`g`risidagi nizom tasdiqlandi.

 Nizomga ko`ra, Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan sektorlar faoliyatini baholash bir yilda bir marotaba – hisobot yilidan keyingi yilning 1 fevraliga qadar amalga oshiriladi.  

 Natijasi bo`yicha tahliliy ma`lumotnoma Prezident Administrasiyasi, Vazirlar Mahkamasi va xalq deputatlari Kengashlariga kiritiladi.  

Baholash natijasiga ko`ra tuman, shahar sektorlari o`rtasida respublika darajasida – “eng namunali sektor” hamda Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri darajasida – “eng tashabbuskor sektor” nominasiyalari bo`yicha g`oliblar aniqlanadi va rag`batlantiriladi.

Baholash quyidagi ustuvor yo`nalishlarda amalga oshiriladi:

  •  “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” bilan ishlash natijadorligi;
  •  “mahallabay” ishlash tizimining yuritilishi holati;
  •  iqtisodiy rivojlanish va ijtimoiy xizmatlardan foydalanish darajasi;
  •  tadbirkorlikni rivojlantirish;
  •  jinoyatchilikni kamaytirish va ijtimoiy-ma`naviy muhitni sog`lomlashtirish;
  •  murojaatlar bilan ishlash samaradorligi.

Shunga ko`ra, g`olib bo`lgan sektorlar quyidagicha rag`batlantiriladi:

  “Eng namunali sektor” nominasiyasida:  

▪️ 1-o`rin – BHMning 500 baravari;

▪️ 2-o`rin – BHMning 400 baravari;

▪️ 3-o`rin – BHMning 300 baravari miqdorida pul mablag`i.

  “Eng tashabbuskor sektor” nominasiyasida:

▪️ 1-o`rin – BHMning 200 baravari;

▪️ 2-o`rin – BHMning 150 baravari;

▪️ 3-o`rin – BHMning 100 baravari miqdorida pul mablag`i.

Qarorga ko`ra, sektorlar faoliyati samaradorligi ko`rsatkichlarini hisoblash va baholash bo`yicha “sektor.reyting.uz” avtomatlashtirilgan onlayn axborot tizimi ishga tushiriladi. 

    Boshqa yangiliklar