4 nafar mehnat va madaniyat faxriylari «O`zbekiston Qahramoni» unvoni bilan taqdirlandi. Bu haqda O`zA ma`lum qildi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning tegishli farmoniga asosan quyidagilarga «O`zbekiston Qahramoni» unvoni berilib, oliy nishon — «Oltin yulduz» medali topshirildi:
Ahmedov Muhammad Ismatovich — Buxoro viloyati «Madaniyat Muhammad Ismat» fermer xo`jaligi rahbari;
Ayupov Shavkat Abdullaevich — O`zbekiston Fanlar akademiyasining Matematika instituti direktori;
G`ofurov Ibrohim Usmonovich — Yozuvchilar uyushmasi a`zosi;
Yo`lchieva Munojotxon Abduvalievna — O`zbekiston davlat konservatoriyasi kafedra mudiri.






