1

Jarqo`rg`onda fuqaroga tomorqa er olib berishni va`da qilgan firibgar ushlandi

Jinoyat 25.08.2021, 11:39
Jarqo`rg`onda fuqaroga tomorqa er olib berishni va`da qilgan firibgar ushlandi

 

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Surxondaryo viloyati boshqarmalari tomonidan Jarqo`rg`on tumanida o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro A.H. tumandagi “N.” fermer xo`jaligiga qarashli qishloq xo`jaligi yo`nalishida foydalaniladigan 27 sotix erni firibgarlik yo`li bilan boshqa bir fuqaroga tomorqa sifatida sotishni rejalashtirib, oldindan 67 mln so`mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1