AsosiyJamiyat

Yakkabog` hokimi o`rinbosari ketayotgan mashina "Langar" suv omborining beton to`sig`iga urilib, halokatga uchradi

'Yakkabog` hokimi o`rinbosari ketayotgan mashina "Langar" suv omborining beton to`sig`iga urilib, halokatga uchradi'ning rasmi

Yakkabog` tumani hokimining qurilish masalalari bo`yicha o`rinbosari Bo`ri Fayziev YTHga uchragan. Bu haqda nasafnews.uz ma`lum qildi. 

Qashqadaryo viloyat IIB tafsilotlariga ko`ra, voqea 2021 yil 22 avgust kuni soat 22.00 larda Qamashi tumani Kattaarab qishlog`i hududidan o`tgan Langar-Maydanak yo`lining 4 kmda sodir bo`lgan.

Yakkabog` tumani Galamulla qishlog`ida yashovchi, Yakkabog` tuman hokimligida haydovchi vazifasida ishlovchi A.R o`zining boshqaruvidagi «Nexia-3» rusumli avtomashinani boshqarib kelib, «Langar» suv omborining beton to`sig`iga urilgan.

Natijada avtomashinada bo`lgan Yakkabog` tuman hokimining qurilish masalalari bo`yicha o`rinbosari B.F va yana ikki yo`lovchilar turli tan jarohatlari olib, tuman tibbiyot birlashmasiga olib kelingan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Qamashi tumani IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi JKning 266-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar