AsosiyJamiyat

Britaniyaning mobil internet narxlari to`g`risidagi portalida O`zbekiston 230 mamlakat orasida 21-o`rinni egalladi

'Britaniyaning mobil internet narxlari to`g`risidagi portalida O`zbekiston 230 mamlakat orasida 21-o`rinni egalladi'ning rasmi

 Britaniyaning mobil internet narxlari to`g`risidagi Cable.co.uk portali hisoboti: O`zbekiston 230 mamlakat orasida 21-o`rinni egallab, 33 pog`ona o`sgan. Bu haqda AKT vazirligi axborot xizmati rahbari Sherzod Ahmadov ishtirokida AOKAda o`tkazilgan brifingda ma`lum qilindi. 

Takidlanishicha, tayanch stansiyalar — 37 484 ta, mobil aloqa foydalanuvchilari — 27,5 million, mobil internet foydalanuvchilar — 21,7 millionni tashkil qilmoqda. 

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali 257 turdagi elektron xizmat ko`rsatilmoqda. Shu yil birinchi yarmida portal xizmatlari natijasida aholining 18 mlrd. so`mdan ortiq mablag`i iqtisod qilindi.

Davlat organlarining 120 dan ortiq axborot tizimi o`rtasida oyiga o`rtacha 100 mln. dan ortiq axborot almashinuvi amalga oshirilmoqda. Natijada qog`oz xarajatlari uchun oyiga 7 mlrd. so`m, yiliga 84 mlrd. so`m tejalmoqda.

Dasturiy mahsulotlar va ko`rsatilgan IT-xizmatlar — 2021 yil yarmida 650 mlrd. so`m, eksport qilingan dasturiy mahsulotlar va IT-xizmatlar — 17,5 mln. AQSh dollaridan iborat.

 

    Boshqa yangiliklar