Saylovchilar va saylov jarayoni boshqa ishtirokchilarining tana harorati 370S va undan yuqori bo`lgan taqdirda ular ovoz berish xonasiga kiritilmaydi. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi ma`lum qildi.
Bunda, tana harorati 370S va undan yuqori bo`lgan saylovchilar uchun alohida ajratilgan joylarda (binoning kirish qismi va boshqalar) ikki nafar uchastka saylov komissiyasi a`zosi hozirligida ko`chma saylov qutilari va kabinalaridan foydalangan holda yashirin ovoz berish huquqi ta`minlanadi.






