AsosiyJamiyat

Ishonchnoma talab qilinmaydi degani uni rasmiylashtirish kerakmas degani emas – Adliya vazirligi

'Ishonchnoma talab qilinmaydi degani uni rasmiylashtirish kerakmas degani emas  – Adliya vazirligi'ning rasmi

Adliya vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo`limining ma`lumot berilishicha, 2021 yil 1 sentyabrdan haydovchilardan ishonchnomaning so`ralmasligi, haydovchilar ishonchnoma rasmiylashtirmasa ham bo`ladi degani emas. 

Ya`ni, haydovchilar xuddi avvalgidek, ishonchnomani notarius orqali rasmiylashtiradi, Faqat ishonchnomani yonida olib yurmasa ham bo`ladi. Chunki 2021 yil 1 sentyabrdan ishonchnomalarni YPX xodimlari elektron tizim orqali mustaqil tekshiradi.

Ishonchnoma bilan bir qatorda texnik ko`rikka oid va “tonirovka” bo`yicha hujjatlarning mavjudligi ham elektron tarzda tekshiriladi.

Demak, haydovchi ushbu hujjatlarni ham yonida olib yurishi shart emas.

 

 

    Boshqa yangiliklar