AsosiyJamiyat

Bugun start olgan Paralimpiya o`yinlarining dastlabki kunida Islom Asanov para-suzish bahslarida bronza medaliga sazovor bo`ldi

'Bugun start olgan Paralimpiya o`yinlarining dastlabki kunida Islom Asanov para-suzish bahslarida bronza medaliga sazovor bo`ldi'ning rasmi

Bugun start olgan Paralimpiya o`yinlarining dastlabki kunida terma jamoamiz vakili Islom Asanov para-suzish bahslarida bronza medaliga sazovor bo`ldi. Bu haqda O`zbekiston Milliy Olimpiya qo`mitasi ma`lum qildi. 

Erkaklar o`rtasida 100 metrga batterflyay usulida (S13 klass) suzish bahsida 2 nafar vakilimiz final dasturida qatnashdi. Uchinchi yo`lakda harakat qilgan yurtdoshimiz Islom Asanov 57.12 soniya natija qayd etdi va bronza medaliga sazovor bo`ldi. Ushbu dasturda qatnashgan Muzaffar Tursunxo`jaev esa 57.44 soniya bilan beshinchi pog`onani band etdi. Xuddi shu yo`nalishda ayollar toifasida ishtirok etgan Shohsanamxon Toshpo`latova esa to`rtinchi natijani ko`rsatdi.

 

    Boshqa yangiliklar