Bu haqda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo`mitasi Axborot xizmati xabar bermoqda.
Ta`kidlanishicha, qo`mita tomonidan chorvachilik tarmog`ini qo`llab-quvvatlash hamda aholini go`sht va sut mahsulotlari bilan uzluksiz ta`minlash maqsadida qator loyihalar amalga oshirilmoqda.
Natijada joriy yilning shu kuniga qadar qoramolchilik yo`nalishidagi yirik loyihalar ishga tushirilishi tufayli quvvati 100 boshdan 300 boshgacha bo`lgan xo`jaliklar 1 ming 124 tani, 300-500 bosh bo`lgan xo`jaliklar 460 tani, 500 boshdan 1000 boshgacha bo`lgan xo`jaliklar soni 256 tani, 1000 bosh va undan yuqori bo`lgan xo`jaliklar soni 136 tani tashkil etmoqda.
Qayd etib o`tish lozim, respublikamizda jami ayni paytda 17 ming 66 ta chorvachilik xo`jaliklari mavjud bo`lib, shundan qoramolchilik yo`nalishida 7 ming 48 ta, qo`y va echkichilikda 3 ming 263 ta, yilqichilik 142 ta, tuyachilik 52 ta, parrandachilik 1 ming 163 ta, baliqchilik 4 ming 829 ta, asalarichilik 415 ta va quyonchilik yo`nalishlarida 154 tani tashkil etadi.






